YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / 18-19 avgust kunlari Toshkent viloyati kasb-hunar ta’lim muassasalarida umumxalq xashari o’tkazilmoqda.

18-19 avgust kunlari Toshkent viloyati kasb-hunar ta’lim muassasalarida umumxalq xashari o’tkazilmoqda.

     Xashar-xalqimizning ming yilliklarga borib taqaluvchi qadimiy qadriyatlaridan biri hisoblanib, hali-hanuzgacha bu an’ana ulug’lanib kelinmoqda.
Toshkent viloyati kasb-hunar ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgustdagi 649-F-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida barcha ta’lim muassasalarida umumxalq xayriya xashari ko’tarinki ruxda o’tkazilmoqda.
Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlash va Vatanimiz Mustaqilligining 27 yillik ayyomiga qizg’in tayyorgarlik ko’rish maqsadida joriy yilning18-19 avgust kunlari e’lon qilingan umumxalq xasharida yoshlar, pedagog va xodimlar uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi.
Jumladan xududlar begona o’tlardan, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalaridan tozalandi, yo’lak chetlari(bardyor) hamda daraxtlar oqlandi, erlar yumshatilib yangidan gul qo’chatlari o’tkazildi.
Toshkent viloyati kasb-hunar ta’lim muassasalari umumxalq xasharidagi ishtiroki joriy yilning 19 avgust kuni davom ettiriladi.