YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Qizlar davrasi” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

«Qizlar davrasi” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

   “8 mart Xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan joriy yilning 12 mart kuni Bo’stonliq xizmat ko’rsatish va energetika kasb-hunar kollejida «Qizlar davrasi” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda o’quvchi-yoshlar tomonidan bahoriy go’zallik bayrami munosabati bilan ayollarni ulug’lovchi kuy-qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari hamda tanishtiruv, baxru bayt, savol-javob, pazandalik, hamda milliy urf odatlarimizni o’z maromida ko’rsata olishdi. Tadbirda maxalla fuqarolar yig’ini raislari, maslahatchilari, Bo’stonliq tuman xotin qizlar raisi, hamda  onalar ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida iqtidorli, pazanda, maftunkor, orasta va istedodli nominasiyalar bo’yicha takdirlandilar. O’quvchi-qizlarning onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.