YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / 9 may – Xotira va qadrlash kuni

9 may – Xotira va qadrlash kuni

      Joriy yilning 9-may kuni Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi jamoasi boshqarma boshlig’i Abdulaziz Nurullaev boshchiligida  9 may – Xotira va Qadrlash kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi yangi ochilgan Xotira maydonida Ona haykali poyiga gulchambar qo’ydilar. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Mustaqilligimizni asrash va yurtimiz tinchligini ta’minlashda bukilmas iroda va jasorat namunasini ko‘rsatgan, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jon fido qilgan mard o‘g‘lonlarini xalqimiz hech qachon unutmaydi.