YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Angren politexnika kasb-hunar kollejida «Yoshlar uchun baxtli hayot» forumi bo’lib o’tdi.

Angren politexnika kasb-hunar kollejida «Yoshlar uchun baxtli hayot» forumi bo’lib o’tdi.

      O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston XDP markaziy kengashi, O’zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi hamda hamkorligida joriy yilning 17 aprel kuni Angren politexnika kasb-hunar kollejida «Yoshlar uchun baxtli hayot» forumi bo’lib o’tdi. Forumda O’zbekiston XDP Markaziy kengash raisi o’rinbosari Darxonov Mexrojidin Qobilovich, O’zbekiston XDP Toshkent viloyati kengash raisi S.Fayzieva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Umaraliev, xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda san’at ustalari shuningdek, sport sovrindorlari ishtirok etdilar.
Mazkur musobaqalarda Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridan kelgan yoshlar sportning shaxmat, shashka, kurash, 100 metrga yugurish, futbol, voleybol, karate, boks va boshqa sport turlari bo’yicha musobaqalarda bellashdilar.
Aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, xususan, xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularni ish bilan ta’minlash O’zbekiston Xalq demokratik partiyasining ustuvor vazifalaridan sanaladi. Forum doirasida hududdagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarkada Angren shahridagi korxona va tashkilotlar mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, mazkur yarmarkada tijorat banklari tomonidan xotin-qizlarga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi bank sertifikatlari topshirildi.
Forumda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston XDP fraksiyasi, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari tomonidan hududdagi mavjud Imkoniyati cheklangan yoshlar maktab internatlari hamda Mehribonlik uylariga o’zbek va jahon adabiyotlarining sara namunalaridan iborat kitob jamlanmalari taqdim etildi.

Manba: O’zbekiston XDP Toshkent viloyati Kengashi