YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bir guruh o’qituvchilar «Microsoft Server 2012 R2» o’quv kurslarida ishtirok etdi.

Bir guruh o’qituvchilar «Microsoft Server 2012 R2» o’quv kurslarida ishtirok etdi.

          O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan Microsoft MDX o’rtasida hamkorlik doirasida sohaga zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida, dunyoning AT sohasida etakchi hisoblangan «Microsoft» kabi kompaniyalar bilan o’qituvchi va o’quvchilarining AKT bo’yicha salohiyatini yanada oshirish va kompetensiyalarini mustahkamlash, yangi zamonaviy kasb sohalariga oid ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan o’quv kurslarni moslashtirish va joriy qilish, ilg’or o’qituvchilar qatoridan trenerlarni tayyorlash va tayanch (pilot) ta’lim muassasalarini belgilash bo’yicha hamkorlik qilmoqda.
Shu yilning 14 maydan 6 iyunga qadar bir guruh informatika o’qituvchilari «Microsoft» kompaniyasi kurslarida malakasini oshirib, tarmoqlar tuzilishi, ularni «Windows Server 2012 R2» tizimini o’rnatib, sozlash va boshqarish bo’yicha o’quv kurslarini bitirdi.
O’quv kurslari yakunida ularga «Micros» o’quv markazi tomonidan tegishli sertifikatlar topshirildi. Endilikda ular «Microsoft» dasturiy mahsulotlari va texnologik yechimlari bo’yicha malakaviy (kvalifikatsiya) “Microsoft Technical Associate” imtihonlarini topshirgach, mutaxassislik sertifikatlarini qo’lga kiritishi mumkin.
Mazkur o’quv kurslari dastlab bir guruh informatika o’qituvchilarining malakasini oshirish va trener sifatida tayyorlash rejalashtirilgan bo’lib, keyinchalik hududlardagi kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga AKT bo’yicha zamonaviy kasblardan birini egallash uchun zarur puxta bilim va malakalarni berish ko’zda tutilgan. Toshkent viloyati O’MKHTB tasarrufidagi kollejlardan Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji informatika fani o’qituvchisi Xodjayev Orifjon Maxsudovich va O’rtachirchiq axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejidan Mamajanov Usmonali kurslarda ishtirok etdi.