YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bo’ka tumani agrosanoat va transport kasb-hunar kollejida “Kasbiy faoliyat yuritayotgan xodimlarga chet tilini o’rgatish” mavzusida o’quv-amaliy seminar o’tkazildi.

Bo’ka tumani agrosanoat va transport kasb-hunar kollejida “Kasbiy faoliyat yuritayotgan xodimlarga chet tilini o’rgatish” mavzusida o’quv-amaliy seminar o’tkazildi.

            O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi to’g’risida” Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Bo’ka agrosanoat va transport kasb-hunar kolleji chet tili fani o’qituvchilari S.Mavlonova, X.Ibragimova va M.Sodikov lar tomonidan 2018 yil 5 iyun kuni Bo’ka tumanidagi kasb-hunar kollejlari va maktab o’qituvchilari uchun “Kasbiy faoliyat yuritayotgan xodimlarga chet tilini o’rgatish” mavzusida o’quv-amaliy seminar o’tkazildi.
Seminar Bo’ka agrosanoat va transport kasb-hunar kolleji direktori Nodirjon Saydoripovni kirish so’zi bilan boshlandi.
Seminarda “DTS asosida chet tilini kommunikativ tarzida o’rgatish, o’qitish va baholash” mavzusida ma’ruza bilan O’zbekiston ingliz tili o’qituvchilari uyushmasi raisi Feruza Rashidova ishtiroq etdi.
“Halqaro miqyosida O’zbekiston chet tili o’qituvchilarining mahoratini oshirish” mavzusida ma’ruza bilan O’zbekiston ingliz tili o’qituvchilari uyushmasi ijrochi direktori Jamila Maxmudova seminarni davom etdi.
Bo’ka maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji ingliz tili fani o’qituvchisi M.Akmalova “Kasbiy faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarga chet tilini o’rgatish” ma’ruzasini taqdim etdi.
Seminarni yakunida seminar qatnashchilari olgan taasurotlari, fikr-mulohazalari bilan olmoshdi va o’z tavsiyalarni berdilar.
Seminar qiziqarli va samarali o’tdi.