YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bo’stonliq qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida Navro’z bayrami o’tkazildi.

Bo’stonliq qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida Navro’z bayrami o’tkazildi.

Joriy yilning 30 mart kuni Bo’stonliq qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida o’quvchi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,  ularni ona Vatanga muhabbat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Navro’z bayrami,  milliy qadriyatlar,  urf-odat,  an’analarni o’rgatib borish maqsadida Barhayot an’analar mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir tuman madaniyat bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazildi. Unda o’quvchilar tomonidan she’rlar yod olindi,  qo’shiq va raqslar ijro etildi,  sahna ko’rinishlari namoyish qilindi. Osh tayyorlash tanlovi,  milliy taomlar ko’rgazmalari bayramga o’zgacha fayz ato etdi.