YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bustonliq xizmat ko’rsatish va energetika kasb-hunar kollejida 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida tadbir bo’lib o’tdi.

Bustonliq xizmat ko’rsatish va energetika kasb-hunar kollejida 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida tadbir bo’lib o’tdi.

   Joriy yilning 16 may kuni Bustonliq xizmat ko’rsatish va energetika kasb-hunar kollejida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 mart kuni “Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash” masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida  an’anaviy qo’shiqchilik, raqqosalik, rassomchilik, kompyuter savodxoni, internet bilimdoni, eng yaxshi kitobxon, eng yaxshi Ona yoki Vatan haqida she’r, qo’shiq ijrochisi, she’rxonlik, tikuvchilik, pazandachilik yo’nalishlarda hamda sportning voleybol, futbol, stol tennisi turlari bo’yicha ko’rik-tanlov va musobaqalar tashkil qilindi hamda  faol ishtirokchilar taqdirlandi.