YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики (страница 16)

Без рубрики

«Sport sog’lik garovi» mavzusida sport musobaqasi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 17-may kuni Chirchiq sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida  «Sport sog’lik garovi» mavzusida sport musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada Chirchiq akademik litseyi va Chirchiq sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji pedagog-xodimlardan iborat jamoalari ishtirok etishdi. G’olib jamoa esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Batafsil

Bustonliq xizmat ko’rsatish va energetika kasb-hunar kollejida 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida tadbir bo’lib o’tdi.

   Joriy yilning 16 may kuni Bustonliq xizmat ko’rsatish va energetika kasb-hunar kollejida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 mart kuni “Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash” masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi …

Batafsil

Oqqo’rg’on qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kollejida 5 ta muhim tashabbus ijrosiga qaratilgan tadbir bo’lib o’tdi.

    Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan joriy yil 16 may kuni Oqqo’rg’on qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kollejida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob mutolaa madaniyatini oshirish, hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo’yicha 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlashga qaratilgan  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda  Oqqo’rg’on  tumanidagi kasb-hunar kollejlari …

Batafsil

Yangiyo’l ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida «Tashabbus — 2019» tuman — shahar bosqichi bo’lib o’tdi.

   Joriy yilning 11 may kuni Yangiyo’l ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida Prezidentimizning 2019 yil 19 mart kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan 5 tashabbuslardan 5 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Tashabbus — 2019» tuman — shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Unda xunarmandlar, tadbirkorlar, hamda kollej bitiruvchi o’quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida qizlar bandligi bo’yicha bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi xam bo’lib o’tdi.

Batafsil

Bekobod shahar qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kollejida»Biz buyuk yurt farzandlarimiz» mavzusida tadbir o’tkazildi.

        Joriy yilning 11-may kuni Bekobod shahar qurilish va kommunal xo’jaligi  kasb-hunar kollejida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida «Biz buyuk yurt farzandlarimiz» mavzusida tadbir o’tkazildi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan maket va chizilgan tasvirlar ko’pchilik mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

Batafsil

“Kitob – ma’naviyat quyoshi” tadbiri bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 10 may kuni Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejida Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 19 martdagi vidioselektor yig’ilishida ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan to’rtinchisi bo’lgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida majlislar zalida “Kitob – ma’naviyat quyoshi” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbir ishtrokchilari tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi. Tadbir so’ngida “Kitob yarmarkasi” …

Batafsil

Toshkent viloyatida 9 may — Xotira va qadrlash kuni bayrami tantanalari nishonlanmoqda.

9 may — Xotira va qadrlash kuni bayrami Motamsaro ona haykali poyiga gul qo’yishdan boshlandi. Maydonda shahar va tumanlardan kelgan urush qatnashchilari, shahardagi korxona tashkilot va boshqarmalar hamda kasb-hunar kollejlar o’quvchi-yoshlari faol ishtirok etishdi. Yangiyo’l tumani Oqqo’rg’on tumani Bekobod shahar Chinoz tumani Parkent tumani Ohangaron shahar kasb-hunar kolleji Chirchiq shahar kasb-hunar kollejlari 9-may «Turnalar» majmuasidagi tadbir Qibray tumanidagi tadbirdan fotolavha …

Batafsil

Nurafshon shahrida xotira va qadrlash kuni munosabati bilan rasmiy tadbir bo’lib o’tdi.

Marosimda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti faxriylari, viloyat hokimi, hokim o’rinbosarlari, shahar va tumanlar rahbarlari, aholi vakillari ishtirok etdi. Dastlab, «Toshkent yo’li» ko’chasida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo’yilib, hurmat bajo keltirildi. So’ngra jangovor texnikalar ishtirokida, tantanavor musiqa jo’rligida harbiy parad o’tkazildi. Yangi ish boshlagan amfiteatrda viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi. Kunning ikkinchi yarmida …

Batafsil

«9-may Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan o’tkazilayotgan «Inson qadri ulug’, xotirasi muqaddas» deb nomlangan xaftalik tadbirlari o’tkazilmoqda.

  Toshkent viloyati kasb-hunar kolleji tasarrufidagi kasb-hunar kolleji tarkibi pedagoglar jamoasi va o’quvchilari «9-may Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan o’tkazilayotgan «Inson qadri ulug’, xotirasi muqaddas» deb nomlangan xaftalik tadbirlari munosabati bilan nuroniylarni ziyorat qilishda davom etmoqdalar! Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keksalarni ziyorat qilib, xolidan xabar olinmoqda. O’rta Chirchiq tumani Pedagogika va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji o’qituvchilari va o’quvchilari …

Batafsil

“Qisqa muddatli kurslarda band bo’lmagan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash” mavzusidagi viloyat amaliy seminari tashkil etildi.

     Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan joriy yil 7 may kuni Bo’ka qurilish va servis kasb-hunar kollejida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob mutolaa madaniyatini oshirish xamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo’yicha 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlashga qaratilgan “Qisqa muddatli kurslarda band bo’lmagan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash” mavzusidagi viloyat …

Batafsil

Angren pedagogika va xizmat ko’rsatish kollejida «Iste’dodli yoshlar» nomli tadbir tashkil etildi.

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish» bo’yicha beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Angren pedagogika va xizmat ko’rsatish kollejida mazkur beshta tashabbusning birinchisi:  Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida «Iste’dodli yoshlar» nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda kollejning Musiqa kafedrasi o’quvchi …

Batafsil

Chirchiq shahrida «Yosh qutqaruvchi» ko’ngillilar klublari o’rtasida o’tkaziladigan musobaqaning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

     Joriy yilning 4 may kuni Chirchiq shahrida «Yosh qutqaruvchi» ko’ngillilar klublari o’rtasida o’tkaziladigan musobaqaning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Mazkur musobaqada Chirchiq sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejining «Kimyogar» jamoasi faxrli birinchi o’rinni egallab Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Jamoaga musobaqa kubogi, g’oliblik diploma, hamda kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i A.Zakirov tomonidan qimmatbaho sovg’alar  topshirildi.

Batafsil

Chirchiq sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida she’rxonlik kechasi bo’lib o’tdi.

     Joriy yilning 3 may kuni Chirchiq sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 19 martdagi vidioselektor yig’ilishida ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan to’rtinchisi bo’lgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha topshiriq ijrosini ta’minlash  maqsadida  o’quvchilar o’rtasida “She’rxonlik” kechasi bo’lib o’tdi.

Batafsil

«Yosh mohir kasb egasi-ijtimoiy rivojlanish bunyodkori» Respublika bosqichi kasb mahorati ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

    Joriy yilning 2-may kuni Kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan o’tkazilgan kasb-hunar kollejida o’quvchilar o’z tanlagan kasblariga nisbatan faxr tuyg’usini yanada oshirish maqsadida «Yosh mohir kasb egasi-ijtimoiy rivojlanish bunyodkori» deb nomlangan ko’rik tanlov Respublika bosqichi o’tkazildi. Ko’rik tanlovda Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji o’quvchilari faxrli 2-3 o’rinni egallab, esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Batafsil