YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики (страница 21)

Без рубрики

Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejida «Sizga ta’zim, fidoiy ustoz» tadbiri.

        Joriy yilning 28-sentyabr kuni Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejida 1-oktyabr «O’qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan «Sizga ta’zim, fidoiy ustoz» tadbiri o’tkazildi. Tadbir kollej kirish qismida Yoshlar ittifoqi yetakchilari tomonidan tashkillashtirilgan sovg’a va gullarni berish bilan boshlandi. Shundan so’ng ertalabki saflanishda bayram tadbirida kollej faxriy o’qituvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda o’quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni kollej …

Batafsil

Chinoz tumani Olmazor qishloq xojalik kasb-hunar kollejida «Bayramingiz muborak, aziz ustozlar» tadbiri.

28-sentyabr kuni 1-oktyabr «O’qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan Chinoz tumani Olmazor qishloq xojalik kasb-hunar kollejida «Bayramingiz muborak, aziz ustozlar» tadbiri o’tkazildi.

Batafsil

Shavkat Mirziyoyev o’qituvchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi.

       O’zbekiston Respublikasi prezidenti “O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O’zA tomonidan keltirilgan. Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu o’zgarishlarning samarasi, yurtimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoridan munosib o’rin egallashi avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan uzviy …

Batafsil

“Sport – nafosat ramzi” shiori ostida spartakiada bo’lib o’tdi.

      Joriy yilning 28-sentyabr kuni Chinoz agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji sport maydonlarida Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o’quvchi-qizlar o’rtasida voleybol, shaxmat, stol tennisi va badminton bo’yicha  “Sport – nafosat ramzi” shiori ostida spartakiada bo’lib o’tdi. Maqsad kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchi-qizlarni  jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish orqali ommaviylikni ta’minlash, yod g’oyalar, xuquqbuzarlik, jinoyatchilik …

Batafsil

Shavkat Mirziyoyev o’qituvchi va murabbiylarga tabrik yo’lladi.

Muhtaram ustozlar! Qadrli do’stlar! Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda o’z hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bag’ishlagan barcha yurtdoshlarimizni
1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bog’liq” degan so’zlari sizlarning mashaqqatli, ayni vaqtda olijanob faoliyatingizga berilgan yuksak bahodir, desak, o’ylaymanki, adashmagan bo’lamiz. Haqiqatan ham, biz …

Batafsil

Ohangaron politexnika kasb-hunar kollejida «Ustozlar va murabbiylar kuni» bayrami o’tkazildi.

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Ohangaron politexnika kasb-hunar kollejida «Ustozlar va murabbiylar kuni» bayrami o’tkazildi «Elni aziz qilgan — elda azizlar» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar konsert dasturi bilan ishtirok etdi.

Batafsil

O’zbekistonda kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti tasdiqlanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Davlat ta’lim standartining maqsadi: kasb-hunar ta’limi tizimini mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik taraqqiyot tendensiyalarni, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalarini tatbiq qilgan, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, kasblar va mutaxassisliklar ta’lim standartlari talablariga javob beruvchi, …

Batafsil

Fotoreportaj: Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlarida “Sport-navosat ramzi” spartakiadasi saralash bosqichlari

Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o’quvchi-qizlar o’rtasida voleybol, shaxmat, stol tennisi va badminton bo’yicha  “Sport – nafosat ramzi” shiori ostida spartakiadaga saralash bosqichlari bo’lib o’tmoqda. Bekobod tuman Chirchiq shahri Olmaliq shahri Oq qo’rg’on tumani Parkent tumani Qubray tumani Yangiyo’l tumani Bekobod shahar  

Batafsil

An’anaviy avgust kengashining yalpi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

         Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi yig’ilishi o’tkazildi. 2018 yil 27 avgust kuni Toshkent viloyati Ohangaron shaharining so’lim “Aqchasoy dam olish ” maskanida tabiat qo’ynida o’tkazildi. Ohangaron kasb-hunar kollejlari o’quvchilaridan iborat “Qurama navolari” guruhi tomonidan badiiy chiqishlar katta taa’surot qoldirdi. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari Toshkent viloyati kasb—hunar ta’limi …

Batafsil

18-19 avgust kunlari Toshkent viloyati kasb-hunar ta’lim muassasalarida umumxalq xashari o’tkazilmoqda.

     Xashar-xalqimizning ming yilliklarga borib taqaluvchi qadimiy qadriyatlaridan biri hisoblanib, hali-hanuzgacha bu an’ana ulug’lanib kelinmoqda. Toshkent viloyati kasb-hunar ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgustdagi 649-F-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida barcha ta’lim muassasalarida umumxalq xayriya xashari ko’tarinki ruxda o’tkazilmoqda. Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlash va Vatanimiz Mustaqilligining 27 yillik ayyomiga qizg’in tayyorgarlik ko’rish maqsadida joriy yilning18-19 avgust …

Batafsil

O’rtachirchiq axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida “AKT» ta’lim yo’nalishidagi ishlab chiqarish ta’lim ustalari bilan avgust kengashi o’tkazildi.

    Joriy yil 18 avgust kuni “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yo’nalishidagi maxsus fan o’qituvchilari uchun “An’anaviy avgust kengashining sho’’ba yig’ilishi”ni O’rtachirchiq axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji direktori Avaz Shermatov ochib berdi. Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining vakili L.A.Gafarova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-son farmoni …

Batafsil

Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi yig’ilishi o’tkazildi.

       2018 yil 16 avgust kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani Qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi yig’ilishi o’tkazildi. Avgust kengashi yig’ilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining …

Batafsil

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yo’nalishidagi maxsus fan o’qituvchilari uchun “An’anaviy avgust kengashining sho’ba yig’ilishi” bo’lib o’tdi.

       2018 yil 16 avgust sanasida Chirchiq texnika kasb-hunar kollejida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yo’nalishidagi maxsus fan o’qituvchilari uchun “An’anaviy avgust kengashining sho’ba yig’ilishi” bo’lib o’tdi. Chirchiq texnika kasb-hunar kolleji direktori Otabek Kiyamov ta’limda va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bo’layotgan o’zgarishlar haqida ma’lumot berdi. Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining vakili L.A.Gafarova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy …

Batafsil

Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi tizimidagi An’anaviy avgust kengashlari shu’ba yig’ilishlariga taklif etamiz.

      O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-son farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3504-sonli qarorida kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash …

Batafsil

“Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida Toshkent viloyati 3-o’rinni egalladi.

       “Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi  2018 yilning 6-7 iyul kunlari Namangan xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida o’tkazildi. “Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi hakamlar hay’atiga Oliy va o’rta maxsus ta’dim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan soha mutaxassislari taklif etildi. …

Batafsil