YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Chinoz agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida 5ta tashabbus ijroda.

Chinoz agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida 5ta tashabbus ijroda.

     2019 yil 11 iyun kuni  Chinoz agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida «O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi» jurnali taxririyati, O’zLiDeP Toshkent viloyati va Chinoz tuman Kengashlari bilan hamkorlikda  muxtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev  tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan biri «Yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib  qilish» mavzusida ijodiy uchrashuv o’tkazildi.
Tadbirda kollej rahbariyati va o’quvchi yoshlar, «O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi» jurnali  bosh muxarriri taniqli jurnalist, shoir Toxir Doliev, jurnal muhbiri M.Toirov, texnika fanlari doktori, professor, qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish ITI direktor o’rinbosari Muxammadjon Toshboltaev, D.Yormatova  qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor  Bekkul Egamkulov,  O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist va boshqalar, shuningdek,   O’zLiDeP viloyat va tuman Kengash rahbarlari: T.Fayziev, F.Tojikulovlar,   Mehnat faxriylari, Madaniyat va marifat telekanali muhbirlari, «Chinoz xayoti» gazetasi bosh muharriri S.Qosimova ishtiroq etishdi. Uchrashuv sungida kollej  ARM ga  kitoblar jamlanmasi sovg’a qilindi.