YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Chinoz Olmazor qishloq xo’jaligi kasb-hunar kollejida “Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Chinoz Olmazor qishloq xo’jaligi kasb-hunar kollejida “Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Joriy yilning 14 — noyabr kuni Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasining noyabr oyi ish rejasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentyabrdagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 4436-son qarori ijrosi yuzasidan Chinoz Olmazor qishloq xo’jaligi kasb-xunar kollejida “Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Diniy ma’rifiy muxitni barqarorligi hamda diniy bag’rikenglik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi boshlig’i A.Zakirov, Boshqarma bosh uslubchi maslaxatchisi S.Xamrakulova, Chinoz tumani IIB huquqbuzarlik profilaktikasi bo’limi katta inspektori E. Jabborov, Chinoz tumani Oila ilmiy-tadqiqot markazi rahbari M. Magzimova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tumani bo’limi rahbari V. Erakaeva, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Chinoz tumani kengashi rahbari S. Abduqahhorov, «Chinoz Xayoti” gazetasi bosh muxarriri S. Axmedova, Chinoz tumani Olmazor jome masjidi bosh imom xatibi T. Tungatov, pedagoglar va o’quvchilar ishtirok etdilar.
Xamkor tashkilotlar vakillari mavzuga doir ma’ruza qildilar, fikr muloxazalar almashildi, kollej o’quvchilarining badiiy jamoasi saxna ko’rinishlari orqali o’zlarining iqtidorlarini namoyon etdilar
Tadbir jarayoni Toshkent kanali orqali yozib olindi va efirga uzatildi.