YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejida «Sizga ta’zim, fidoiy ustoz» tadbiri.

Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejida «Sizga ta’zim, fidoiy ustoz» tadbiri.

        Joriy yilning 28-sentyabr kuni Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejida 1-oktyabr «O’qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan «Sizga ta’zim, fidoiy ustoz» tadbiri o’tkazildi. Tadbir kollej kirish qismida Yoshlar ittifoqi yetakchilari tomonidan tashkillashtirilgan sovg’a va gullarni berish bilan boshlandi. Shundan so’ng ertalabki saflanishda bayram tadbirida kollej faxriy o’qituvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda o’quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni kollej direktori R.G’aniyev kirish so’zi bilan ochib berdi va  yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo’shgan salmoqli hissasi, ta’lim-tarbiya tizimidagi ko’p yillik samarali mehnati, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o’rgatishdagi fidoyilarini “O’qituvchi va murabbiylar kuni” bilan tabrikladi.
Shundan so’ng kollej rivojiga alohida hissa qo’shgan, jonkuyar, fidoiy o’qituvchilariga «Faxriy yorliq» hamda sovg’alar topshirildi.