YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Chirchiq shahrida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Chirchiq shahrida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

      Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining yakuniy — viloyat bosqichi Chirchiq shahrida bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Yoshlar ittifoqining 2018 yilga mo’jallangan ish rejasining 15 – bandi hamda 2018 yil 18 apreldagi 02 – 07/135 – sonli talabnomasini ijrosini ta’minlash va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safiga o’sib kelayotgan yoshlarni tayyorgarligini oshirishda, O’zbekiston yoshlarining Respublika “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasi chaqiruv mavsumigacha bo’lgan asosiy va zarur ommaviy-mudofaa ishlari qatoriga kiritilgani, o’quv yurtlari o’quvchilarining tayyorgarligini yaxshilashga, hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning hozirgi davr talabi ekanligini xis qilgan holda, o’quvchi yoshlar o’rtasida harbiy xizmatga bo’lgan qiziqishini oshirish va ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, o’zaro madaniy-sport aloqalarini yo’lga qo’yish, yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy tarzda jalb qilish maqsadida o’tkazilgan musobaqada Toshkent viloyatlaridan 19 ta jamoa ishtirok etdi. Ular safda yurish va harbiy qo‘shiqlar aytish, harbiy topografiya, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy tayyorgarlik, kross, turnikda tortilish, granata uloqtirish, to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish, avtomatni ajratish va yig‘ish, pnevmatik quroldan nishonga otish, xorijiy til bilimdoni kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Yigitlar harbiy-sport bellashuvlari davomida yurt posbonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy hayot tarzi, muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat haqidagi taassurotlari bilan yaqindan tanishish, komandirlar bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Toshkent viloyati Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasida 1-orinni Bekobod shahar g’oliblikni qo’lga kiritdi.