YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Dalvarzin” kollejida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha O’quv mashg’uloti o’tkazildi.

“Dalvarzin” kollejida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha O’quv mashg’uloti o’tkazildi.

   28 noyabr kuni Bekobod tumanidagi “Dalvarzin” maishiy xizmat kasb-hunar kollejida“ Zilzila sodir bo’lganida ta’lim muassasasi o’quvchilari va xodimlarini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarni qutqarish va ularga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatishda muassasa rahbariyati va Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mazkur o’quv mashg’uloti Toshkent viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2018 yil 1 noyabrdagi “Bekobod tumanida Qo’mondonlik-shtab o’quv mashqiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi 22-sonli buyrug’i asosida tashkil etildi. O’quv mashg’ulotida 92 nafar o’rganuvchilar, 552 nafar o’quvchilar, fuqaro muhofazasi xizmatchilaridan 38 nafar xodim va 11 ta texnika ishtirok etdi.