YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Imkoniyati cheklangan o’quvchilar bilan “Siz o’z huquqingizni bilasizmi?” mavzusida seminar – trening o’tkazildi.

Imkoniyati cheklangan o’quvchilar bilan “Siz o’z huquqingizni bilasizmi?” mavzusida seminar – trening o’tkazildi.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar haq-huquqlarini himoyalash kuni munosabati bilan 29 noyabr kuni Toshkent shahridagi Biznes markazida, Toshkent viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda Toshkent viloyati nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab quvvatlash markazi hamkorligida ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan o’quvchilar bilan “Siz o’z huquqingizni bilasizmi?” mavzusida seminar – trening o’tkazildi.
O’quvchi-yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan seminar treningda Toshkent yuridik Universiteti dosentlari, O’zbekiston Musulmonlar idorasi vakili, Toshkent viloyati nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab quvvatlash markazi rahbari, Toshkent viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bo’lim boshlig’i, psixologlar, 41 nafar imkoniyati cheklangan o’quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Seminar treningdan so’ng o’quvchilarni Toshkent shahridagi “Planetariy”ga hamda Tele-minoraga sayohatlari uyushtirildi.
Toshkent viloyati nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab quvvatlash markazi tomonidan o’quvchilarga sovg’alar va kitoblar taqdim etildi.
Imkoniyati cheklangan o’quvchilar va ularning ota-onalari ularga ko’rsatilgan e’tibor va g’amxo’rlikdan minnatdor bo’ldilar.
Yurtboshimiz tomonidan aholini, ayniqsa aholini ehtiyojmand qismini, nogironlarni har tomonlama qo’llab quvvatlanayotganligidan cheksiz xursand ekanliklarini izhor etdilar.