YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Insholar tanlovlarining viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi.

Insholar tanlovlarining viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi.

       Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari o’rtasida 8 ta yo’nalishda insholar tanlovlari o’tazildi. Insholar tanlovlari guruhlar, ta’lim muassasalar va xududlar kesimida o’tkazildi. Insholar tanlovlarining viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi.
“Ozod va obod vatanga baxshida umr” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida Angren tibbiyot kollejining o’quvchisi Sheralieva Kamola 1-o’rinni, “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida Oxangaron sanoat kasb-hunar kolleji o’quvchisi Dilovarov Azizxon Axyorxon o’g’li 1-o’rinni, “Harakatlar strategiyasi – mening taqdirimda” mavzusida shtkazilgan insholar tanlovida Chinoz agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji o’quvchisi Bolabekova Xulkar 1-o’rinni, “Men nechun sevaman O’zbekistonni” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida Yangiyo’l xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji o’quvchisi Xoldorova Diyora 1-o’rinni, “Odam savdosi-olam muammosi” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida                    Toshkent tumani ijtimoiy iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o’quvchisi Ozodova Nilufar 1-o’rinni, “Biz giyoxvandlikka qarshimiz” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida Chirchiq sanoat xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji o’quvchisi Jo’raeva Marxabo 1-o’rinni, “Korrupsiya-adolat kushandasi” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida Yangiyo’l texnologiya- iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o’quvchisi Rustamova Maftuna1-o’rinni, “Diniy ekstremizm va terrorizm –tinchlik taraqqiyoti dushmani” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida Oxangaron Politexnika kasb-hunar kolleji o’quvchisi Chorieva Dilafruz 1-o’rinni egalladilar.
Insholar tanlovlari g’oliblari O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.