YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining Islom Karimov memorial majmuasiga tashriflari uyushtirildi.

Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining Islom Karimov memorial majmuasiga tashriflari uyushtirildi.

         O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida  xar haftaning juma kuni “Ma’naviyat kuni” doirasida  mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o’rganish,  yoshlar orasida keng targ’ib etish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kuchaytirish maqsadida yurtimizdagi tarixiy obidalar, ulug’ ajdodlarimiz nomlari bilan bog’liq, muqaddas ziyoratgohlarga o’quvchilarni tashriflari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahridagi  Islom Karimov memorial majmuasiga o’quvchilarning tashriflari yuzasidan belgilangan reja-jadvalga asosan Toshkent tumani maishiy xizmat va tadbirkorlik, Qibray Energetika, Qibray Agrotijorat kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining Islom Karimov memorial majmuasiga tashriflari uyushtirildi.