YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Kasbim-faxrim” mavzusida viloyat amaliy-seminari bo’lib o’tdi.

“Kasbim-faxrim” mavzusida viloyat amaliy-seminari bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 25 dekabr kuni Chirchiq sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida «Kasbim — faxrim» mavzusida viloyat amaliy-seminari bo’lib o’tdi.
Dastlab seminar ishtirokchilari kollej ustaxonasida o’quvchilarni o’quv amaliyotlarini borishi bilan tanishdilar.
Kollejda tashkil etilgan Master klasslarga baho berdilar.
«Buxgalteriya va audit», «Kompyuter injiniringi», «Oshpazlik», «Maktabgacha ta’lim», «Keng assortimentdagi kiyimlar konstruktori», «Tikuv va tikuv trikotaj buyumlar ishlab chiqarish texnik texnologi», «Sartaroshlik va dekorativ kosmetika» va «Moliya» yo’nalishlarida tahsil olayotgan o’quvchilar o’zlari egallagan bilim va ko’nikmalarini namoyish etishdi.
Tadbirda milliy, zamonaviy va noan’anaviy kiyimlar namoyishi bo’lib o’tdi.
«Oshpazlik» yo’nalishi o’quvchilari o’rtasida «Oshga marhamat» ko’rik tanlovi ko’tarinki ruxda o’tkazildi.
Tadbirda Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bo’lim boshliqlari, ta’lim muassasalari direktorlarining ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha o’rinbosarlari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, pedagoglar va o’quvchilar ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida seminar ishtirokchilariga o’quvchilar tomonidan tikilgan, yasalgan sovg’alar Qorbobo va Qorqiz tomonidan taqdim etildi.