YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” ko’rik tanlovi o’tkazildi.

“Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” ko’rik tanlovi o’tkazildi.

Toshkent viloyatidagi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarida Bosh qomusimizni qabul qilinganining 26 yilligi keng nishonlanmoqda.
Ta’lim muassasalarida o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi xodimlari, huquq tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashmoqdalar.
O’quvchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda, tadbirlarda o’quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari, badiiy chiqishlar namoyish etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 100-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” ko’rik tanlovi kasb-hunar ta’limi muassasalari o’rtasida an’anaviy ravishda o’tkazilib kelinmoqda.
Mazkur ko’rik tanlovning birinchi bosqichi noyabr oyining 1-o’n kunligida 116 ta ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida, 2-bosqichi 2-o’n kunlikda shahar, tumanlarda, viloyat bosqichi 29 noyabr kuni o’tkazildi.
Tanlovning viloyat bosqichida Yangiyo’l texnologiya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining 3-bosqich o’quvchisi Karimberdieva Sevara Alisher qizi faxrli 1-o’rinni egalladi hamda Sirdaryo viloyati Yangiyer pedagogika kollejida o’tkazilgan tanlovning Respublika bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, “Eng yaxshi targ’ibotchi” nominasiyasi g’olibi bo’ldi.