YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Korrupsiya-adolat kushandasi” Respublika insholar tanlovida viloyatimiz kollej o’quvchilari faxrli o’rinlarni egalladilar.

“Korrupsiya-adolat kushandasi” Respublika insholar tanlovida viloyatimiz kollej o’quvchilari faxrli o’rinlarni egalladilar.

    Yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish, yoshlarimizni davlat va jamiyat hayotining barcha sohalaridagi mavjud korrupsiyadan ogohlantirish, korrupsion huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun jazo muqarrar ekanligini chuqur anglatish maqsadida Respublikamizdagi barcha kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo’lishimiz shart” shiori ostida “Korrupsiya –adolat kushandasi” mavzusida 2019 yilning 15 iyun kuni insholar tanlovi o’tkazildi.
Insholar tanlovida Toshkent viloyatining 33057 nafar bitiruvchi o’quvchilari qatnashdi.
Joriy yil 29 iyun kuni Toshkent shaxrida, Kasb-hunar ta’limini innovasion rivojlantirish, pedagog-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida “Korrupsiya-adolat kushandasi” mavzusida o’tkazilgan Respublika insholar tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Respublika insholar tanlovining “Korrupsiyaga oid davlat siyosati bilimdoni” nominasiyasi bo’yicha Angren kimyo sanoati kasb-hunar kollejining o’quvchisi Xusniddinova Mashxura faxrli 1-o’rinni egalladi hamda 1-darajali diplom va qimmatbaxo sovg’alar ( televizor, kitoblar jamlanmasi)bilan taqdirlandi.
“Korrupsiya to’g’risida xuquqiy bilimdon” nominasiyasi bo’yicha Chinoz qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejining o’quvchisi Qo’qonboev Shaxzodbek faxrli 2-o’rinni egalladi hamda 2-darajali diplom va qimmatbaxo sovg’alar ( quloqchin, kitoblar jamlanmasi) bilan taqdirlandi.
“Korrupsiyaga qarshi xuquqiy tarbiya” nominasiyasi bo’yicha O’rtachirchiq agrosanoat va transport kasb-hunar kollejining o’quvchisi Mashrabova Zulxumor faxrli 3-o’rinni egalladi hamda 3-darajali diplom va qimmatbaxo sovg’alar (quloqchin, kitoblar jamlanmasi) bilan taqdirlandi.