YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.

“Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.

     Toshkent  viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish maqsadida “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.
Jumladan: Joriy yil 8 fevral kuni O’rtachirchiq agrosanoat va transport kasb-hunar kollejida “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida o’quvchilarni yot g’oyalardan asrash, ularni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy tadbir o’tkazildi.
Tadbirni kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari  A.Xaldarbekov olib bordi.
Tadbirda “Shaxdam qadamlar sexri” kitobi muallifi Sherzod Xikmatov o’quvchilarga kitob taqdimotini o’tkazdi va o’quvchilar bilan qiziqarli davra suxbati olib bordi.

Ijodkor o’quvchilar o’zlari yozgan she’rlarini o’qib berdilar.