YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Mirzo Ulug‘bek vorislari» Respublika tanlovi

«Mirzo Ulug‘bek vorislari» Respublika tanlovi

⚡️»Mirzo Ulug‘bek vorislari» Respublika tanlovining Toshkent viloyati  2-bosqichi bo`lib o`tdi.

 

Joriy yilning 19-20 aprel kunlari Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi viloyat Yoshlar markazi binosida «Mirzo Ulug‘bek vorislari» tanlovining Toshkent viloyatining  2-bosqichi o‘tkazildi.

 

✅Tanlovning viloyat bosqichida shahar va tuman bosqichlaridan saralab olingan yoshlar,  hudud muammolariga yechim bo‘ladigan o‘zlarining ilmiy va innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdilar.

 

✅Tanlovning yakunida  eng yaxshi loyiha taqdimotini o`tkazgan 20 nafar yoshlar saralab olindi va  tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

 

✅Viloyat bosqichi g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.