YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Ochiq ta’lim resurslarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi» mavzusida o’quv amaliy seminar trening o’tkazildi.

«Ochiq ta’lim resurslarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi» mavzusida o’quv amaliy seminar trening o’tkazildi.

      Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va ochiq ta’lim resurslarini joriy etish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rgangan holda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni Respublika miqyosida ommalashtirish hamda yuqori malakali moderatorlar jamoasini shakllantirish maqsadida joriy yilning 20-21 oktyabr kunlari O‘rta-masus, kasb-hunar ta’lim markazi tomonidan UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Ochiq ta’lim resurslari (OTR)ning ta’lim jarayoniga integratsiyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori M.Xolmuxamedov va UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dendev Badarch tomonidan ochib berildi.
Seminar-treningda Toshkent viloyati, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tarkibidagi kasb-hunar kollej pedagoglar tomonidan yaratilgan OTR taqdim etildi. Unda Zangiota akademik litseyi Turdiyeva Gulnoza, Gazalkent xizmat ko’rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji Yuldasheva Rezeda, Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji Xodjayev Orifjon OTR lari bilan ishtirok etishdi.