YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ohangaron politexnika kasb-hunar kollejida «Men mamlakat kelajagiga befarq emasman» mavzusida saylov jarayonida ilk bor qatnashadigan o’quvchi-yoshlar va soha mutaxassislarining o’quv amaliy seminari bo’lib o’tdi.

Ohangaron politexnika kasb-hunar kollejida «Men mamlakat kelajagiga befarq emasman» mavzusida saylov jarayonida ilk bor qatnashadigan o’quvchi-yoshlar va soha mutaxassislarining o’quv amaliy seminari bo’lib o’tdi.

  Joriy yilning 27-noyabr kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusi asosida Ohangaron politexnika kasb-hunar kollejida «Men mamlakat kelajagiga befarq emasman» mavzusida saylov jarayonida ilk bor qatnashadigan o’quvchi yoshlar va soxa mutaxassislarining o’quv amaliy seminari bo’lib o’tdi. Tadbirda kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i  A.Zokirov, boshqarma bosh uslubchi maslaxatchisi S.Hamraqulova, shahar xokimi O.Jo’raev, shahar saylov komissiyasi raisi A.Bekmuratov va barcha partiya raislari ishtirok etishdi. Savol javobda faol ishtirokchi o’quvchilar boshqarma tomonidan qimmatbaxho sovg’a va kitoblar bilan taqdirlandilar.