YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Olmaliq shahar konchilik kasb-hunar kolleji faollar zalida Olmaliq shahar adliya bo’limi tashabbusi bilan “Huquqiy bilimlar kuni” fleshmobi o’tkazildi.

Olmaliq shahar konchilik kasb-hunar kolleji faollar zalida Olmaliq shahar adliya bo’limi tashabbusi bilan “Huquqiy bilimlar kuni” fleshmobi o’tkazildi.

     Joriy yilning 22 noyabr kuni Olmaliq shahar konchilik kasb-hunar kolleji faollar zalida Olmaliq shahar adliya bo’limi tashabbusi bilan “Huquqiy bilimlar kuni” fleshmobi o’tkazildi.
O’tkazilgan ushbu tadbirda Olmaliq shahar adliya bo’limi boshlig’i Islom Noyobov, adliya bo’limi bosh maslahatchisi Sarvar Sodikov, adliya bo’limi etakchi maslahatchisi Bahovaddin Salaev, taklif qilinganlardan Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudi raisi vazifasini bajaruvchisi Ixtiyor Yusupov, shahar prokurori katta yordamchisi Farrux Sultonov, Olmaliq shahar Konchilik kasb-hunar kolleji direktor o’rinbosari Rashid Salohiddinov va Olmaliq shahar 6-son davlat notarial idorasi notariusi Feruza Turgunovalar hamda shahar aholisi va kollej o’qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-419-sonli Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5618-sonli Farmonlari mazmun-mohiyati etkazildi.
Bundan tashqari, tadbirda olib borilgan har xil mazmundagi savol-javoblar bilan birgalikda “Huquq bilimdoni” va “Saylov bilimdoni” shiori ostida test sinovlari orqali so’rov o’tkazilib, yoshlarning huquqiy savodxonligi o’rganildi va uning natijalari bo’yicha yuqori ball to’plagan ishtirokchilarga turli xil turdagi esdalik sovg’alari topshirildi, eng yuqori ball to’plagan ishtirokchi — Olmaliq shahar Konchilik kasb-hunar kolleji 31-17-guruh talabasi Muxlisa Ozodova Olmaliq shahar adliya bo’limi tomonidan “Maqtov yorlig’i” bilan taqdirlandi.