YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / To’lov-shartnoma asosida o’qishni hohlovchi fuqarolar diqqatiga!

To’lov-shartnoma asosida o’qishni hohlovchi fuqarolar diqqatiga!

Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 19 sentyabrdagi yig’ilish bayoni qaroriga va Toshkent viloyati 2018 yil 29 sentyabr 357-sonli buyrug’iga asosan quyida ilovada keltirilgan kasb-hunar kollejlariga umumiy o’rta ma’lumot (11-sinf) va o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo’lgan shaxslarni ikkinchi mutaxassislik bo’yicha to’lov-shartnoma asosida o’qishga qabul e’lon qiladi.
O’qishga kirish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 2 oktyabrdan 25 oktyabrgacha davom etadi.
To’lov-shartnoma asosida o’qishni hohlovchi fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollar bo’yicha viloyatimizning shahar va tumanlarida joylashgan kasb-hunar kollejlarida tashkil etilgan qabul komissiyalariga murojaat etishlari mumkin.
        Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi.