YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / O’rtachirchiq axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida “AKT» ta’lim yo’nalishidagi ishlab chiqarish ta’lim ustalari bilan avgust kengashi o’tkazildi.

O’rtachirchiq axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida “AKT» ta’lim yo’nalishidagi ishlab chiqarish ta’lim ustalari bilan avgust kengashi o’tkazildi.

    Joriy yil 18 avgust kuni “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yo’nalishidagi maxsus fan o’qituvchilari uchun “An’anaviy avgust kengashining sho’’ba yig’ilishi”ni O’rtachirchiq axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji direktori Avaz Shermatov ochib berdi.
Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining vakili L.A.Gafarova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-son farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3504-son qarorida kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo’yicha qo’yilgan vazifalar va 2017-2018 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Sho’ba a’zolariga O’rtachirchiq axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish ta’lim ustalari Dilmurod Yusupov “Elektron xukumat”ni axoli va yoshlarga foydalanishni amaliy o’rgatish va Usmonali Mamajonov “Axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nalishining kompyuter injiniring kasbi ta’lim jarayonida multimediya ishlanmalari va eng ilg’or innovasion texnologiyalardan foydalanish samaradorligi” mavzularida namunaviy o’quv mashg’ulotlarini o’tkazib berdilar.

Shu’ba yig’ilishi “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim” shiori ostida o’tkazildi.