YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “O’zbekistonning bugungi qiyofasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

“O’zbekistonning bugungi qiyofasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

      Toshkent viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan joriy yil 21 dekabr kuni Yangiyo’l texnologiya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “O’zbekistonning bugungi qiyofasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Mazkur tadbir, 2018 yilning oktyabr-dekabr oylarida kasb-hunar ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish maqsadida “Men shu aziz Vatan farzandiman!” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o’tkazish bo’yicha “Yo’l xaritasi”da belgilangan vazifalarni ijrosiga qaratildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bo’lim boshlig’i Daminov Ergash Inoyatovich, Muqumiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqali teatr aktyori Safaraliev Oltinbek, Toshkent viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i v.v.b Xaldarbekov Azimjon Karimjonovich, viloyatdagi kasb-hunar kollejlari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, pedagoglar, o’quvchilar ishtirok etdilar.
O’quvchilar tomonidan O’zbekistonni madx etuvchi kuy va qo’shiqlar ijro etildi.
2018 yil davomida turli ko’rik tanlovlarda faol ishtirok etib g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar Toshkent viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan qimmatbaxo sovg’alar va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.