YANGILIKLAR

Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston o’qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar! Avvalo, siz, azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Ushbu qutlug’ ayyomda barchamiz bizga ilm o’rgatgan, hayot sabog’ini bergan jonkuyar, fidoyi o’qituvchi va domlalarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, chin dildan ta’zim qilamiz. Haqiqatan ham, o’zining ko’z nuri, qalb qo’ri, butun borlig’ini yosh …

Batafsil

Angren pedagogika kollejida «5 tashabbus — 5 imkoniyat»shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.

2019 yilning 28 sentyabr sanasida Angren pedagogika kollejida «5 tashabbus — 5 imkoniyat»shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Maktabgacha ta’lim vazirligining mas’ul xodimi S.Ashurova, Angren shahar hokimi o’rinbosari S.Anorboyev, Angren shahar Ma’naviyat targ’ibot markazi rahbari A.Yusupov, hamda Angren shahridagi Maktabgacha ta’lim muassasalari ishtirok etishdi.

Batafsil

Toshkent viloyati kasbiy rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi tashabbusi bilan ta’lim tizimi rahbar va pedagoglar uchun “1-oktabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni”ga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.

     Toshkent viloyati Yangiyo’l shahrida ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida 2019 yil 27oktyabr kuni “Doimo ehtirom va e’zozdasiz aziz Ustozlar” shiori ostida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’lim tizimi rahbar va pedagoglar uchun “1-oktabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni”ga bag’ishlangan tadbir  o’tkazildi. Toshkent viloyati kasbiy rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarma boshlig’i  A.Zakirov tadbirni ochib berib, tizimda faoliyat yuritayotgan rahbarlar, o’qituvchi-pedagoglar, taklif qilingan mehnat faxriylarini …

Batafsil

«Barkamol avlod-2019» sport musobaqalarining viloyat saralash bosqichida sportning «Futbol» turi bo’yicha musobaqa natijalari.

Joriy yilning 21 sentabr kuni «Barkamol avlod-2019» sport musobaqalarining viloyat saralash bosqichida sportning «Futbol» turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Musobaqa natijalariga ko’ra Chinoz tumani kasb-hunar kolleji o’quvchilari Olmaliq shahar, Bo’ka tumani va final bosqichida Chirchiq shahri jamoalarini yengib faxrli 1-o’rinni egalladi. G’alaba bilan tabriklaymiz.

Batafsil

Parkent tadbirkorlik va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida “Odam savdosini oldini olish” mavzusidagi yig’ilish trening bo’lib o’tdi.

    Joriy yilning 18 – sentyabr kuni Parkent tadbirkorlik va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida “Tashabbusni rivojlantirish va qo’llab quvvatlash “Nihol”’markazi tomonidan “Odam savdosini oldini olish” mavzusidagi yig’ilish trening bo’lib o’tdi. Yigilishda 175 nafar o’quvchi, 15 nafar o’qituvchi va maxalla vakillari qatnashdi. Yig’ilish “Parket Tongi” gazetasida yoritildi.

Batafsil

Ertalabki «Assalom tong — sport sog’lomlashtirish» mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug’llanishga keng jalb etish bo’yicha tub islohatlar amalga oshirilib, bu borada qator me’yoriy — huquqiy hujjatlar va kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. Jumladan Toshkent viloyati kasb-hunar boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida muntazam ravishda ertalabki «Assalom tong — sport sog’lomlashtirish» mashg’ulotlari o’tkazilmoqda. Zangiota tibbiyot kolleji Chirchiq tibbiyot kolleji  

Batafsil

Ohangaron shahar kasb-hunar kollejida “Yong’in va favqulotda vaziyatlarda to’g’ri harakatlanish, ularni oldini olish” mavzusida davra suhbati.

   Joriy yilning 11-sentabrida Ohangaron shahar kasb-hunar kollejida “Yong’in va favqulotda vaziyatlarda to’g’ri harakatlanish,  ularni oldini olish” mavzusida  ma’naviy —  ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Ohangaron shahar YoXB boshlig’i A.Yuldoshev va Ohangaron shahar FVB Z.Xurramov nutq so’zladi.

Batafsil

«Yong’inga qarshi kurashish» mavzusida davra suhbatlari o’tkazilmoqda.

   Joriy yilning 11-sentabrida O’rta Chirchiq Agrosanoat va transport kasb-hunar kollejida Yonginga qarshi kurashish, va profilaktika kuni munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi. Unda tuman Yong’inga qarshi kurashish bo’limi rahbar o’rinbosari A.Kushokov o’quvchilarga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Batafsil

Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovasion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. …

Batafsil

JONAJON O’ZBEKISTONIM, MANGU BO’L OMON!

2019 yil 8 iyulda “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan “O’zbekiston Respublikasi  mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish  va uni o’tkazish to’g’risida” PQ-4386-sonli qaror qabul qilindi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2019 yil 29 avgustdagi 228-sonli buyrug’iga asosan boshqarma tasarrufidagi  kasb-hunar kolleji va akademik litseylarda Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini katta tayyorgarlik bilan kutib …

Batafsil

Mustaqillik bayramingiz muborak bo’lsin!

     Aziz yurtdoshlar! Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi jamoasi Sizlarni yurtimiz Mustaqilligining 28 yilligi bilan muborakbod etadi. Barchangizga tinchlik, farovonlik, Vatanimiz ravnaqi yo’lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar tilab qolamiz! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

Batafsil

“Boshqaruvda kompetentli yondashuv hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarni kasbiy ta’limda qo’llash: tahlillar, muammolar va yechimlar” mavzusida kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining An’anaviy avgust kengashi bo’lib o’tdi.

   2019 yil 26 avgust kuni Bo’stonliq tumanida “Boshqaruvda kompetentli yondashuv hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarni kasbiy ta’limda qo’llash: tahlillar, muammolar va yechimlar” mavzusida kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining an’anaviy Avgust kengashi bo’lib o’tdi. An’anaviy avgust kengashi yig’ilishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni islox qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5763-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining …

Batafsil

Angren xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi o’tkazildi.

   2019 yil 23 avgust kuni  Toshkent viloyati Angren xizmat ko’rsatish  kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati  kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi  o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni islox qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5763-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “ Oliy va o’rta maxsus …

Batafsil

“Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini kasbiy ta’limda qo’llash” mavzusida kasb-hunar tizimi pedagog xodimlarining an’anaviy Avgust Kengashini sho’’ba yig’ilishi bo’lib o’tdi.

     2019 yil 21 avgust kuni Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi tizimida foliyat ko’rsatayotgan Axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida “Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini kasbiy ta’limda qo’llash” mavzusida kasb-hunar tizimi pedagog xodimlarining an’anaviy Avgust Kengashini sho’ba yig’ilishi “Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon” shior ostida bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev …

Batafsil

Bo’ka agrosanoat va transport kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalari psixologlari va yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchilarining an’anaviy avgust kengashi bo’lib o’tdi.

    Joriy yilning 20 avgust kuni Bo’ka agrosanoat va transport kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalari psixologlari va yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchilarining an’anaviy avgust kengashi bo’lib o’tdi. Tadbirda ishtirok etgan barcha psixologlar, o’qituvchilar o’quvchilar o’rtasida huquqbuzarlik kabi salbiy holatlarning oldini olishda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar to’g’risida kelishib olishdi va tajribalarini bir-birlari bilan almashishdi.

Batafsil