YANGILIKLAR

Yangiliklar

Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.

   9 fevral o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarida buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarda o’quvchi yoshlarga tarixda o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarga munosib izdosh bo‘lish, Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlarida insoniylik fazilatlari asosiy o‘rinni egallashi, Navoiy o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotining …

Batafsil

“Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.

     Toshkent  viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish maqsadida “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Jumladan: Joriy yil 8 fevral kuni O’rtachirchiq agrosanoat va transport kasb-hunar kollejida “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida o’quvchilarni yot g’oyalardan asrash, ularni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy tadbir o’tkazildi. Tadbirni kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari …

Batafsil

Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlari va akademik letseylarda davra suhbatlari o’tkazilmoqda.

   2019  yil 1 fevraldan 1 martga qadar “Yoshlar orasida giyohvadlik vositalariga qarshi kurashish” oyligi munosabati bilan Toshkent viloyati kasb-hunar kollejida o’quvchi-yoshlarning yot g’oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, turli ko’rinishdagi ekstremistik oqimlarga qarshi kurashish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida davra suhbatlari o’tkazilmoqda. Yig’ilishda o’quvchilarda diniy ekstremistik oqimlarning haqiqiy qiyofasini tasavvur qilishlari va giyohvandlik oqibatlari aks etgan …

Batafsil

«Kasbim-faxrim» ko’rik tanlovi o’tkazildi.

    Joriy yilning 6-fevral kuni Olmaliq ijtimoiy-iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida o’quvchilar o’z tanlagan kasblariga nisbatan faxr tuyg’usini yanada oshirish maqsadida «Kasbim-faxrim» deb nomlangan ko’rik tanlov o’tkazildi. Ko’rik tanlovda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi yo’nalishi guruh o’quvchi qizlari o’zaro bellashdi. Faxrli o’rinni egallagan o’quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Batafsil

«Men yot g’oyalarga qarshiman» mavzusida davra suhbatlari o’tkazilmoqda.

    Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarida 2019 yilda ijtimoiy — ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, dinlararo bag’rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, unga binoan fevral oyida rejalashtirilgan diniy ekstremizm, «Ommaviy madaniyat» bilan bog’liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan targ’ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Tadbirlarda Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi, «Mahalla» hayriya jamoat fondi, Xotin qizlar qo’mitasi, jamoat tashkilotlari vakillari …

Batafsil

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan tadbirlar o’tkazilmoqda.

     30-yanvar O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlarida tadbirlar o’tkazilmoqda. Tadbirlarda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, jahon miqiyosida katta obro’-e’tiborga qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o’chmas va yorqin iz qoldirilganligi yod etilgan film …

Batafsil

Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlarida “Men albatta askar bo’laman” tanlovining shahar bosqichlari o’tkazilmoqda.

      Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Mudofaa ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida chaqiriqqacha yoshlar o’rtasida “Men albatta askar bo’laman ” tanlovining shahar bosqichlari  bo’lib o’tmoqda. Tadbirni o’tkazishdan maqsad – yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va o’zaro madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish, yoshlarni harbiy psixologik tayyorgarlikka ega vatanparvar, ma’suliyatli, …

Batafsil

Mahorat seminarlari.

     Oqqo‘rg‘on Agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida «Avtomobillarni ta’mirlash va  tehnik xizmat  ko‘rsatish bo‘yicha tehnik-mexanik» kasbidagi o‘quvchilarga Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash,  qurish va ekspluatatsiyasi instituti «Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi» kafedra dotsenti A.A.Ismatov tomonidan 2-juftlikda Ochiq o‘quv mashg‘uloti,  3-juftlikda Seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Bo’stonliq qishloq xo’jaligi kasb-hunar kollejida bo’lib o’tgan seminardan fotolavhalar.

Batafsil

“Xom ashyo va materiallardan o’quv amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda samarali foydalanish va hisobdan chiqarish ishlarini tashkil etish” mavzusidagi o’quv amaliy seminar.

       Joriy yil 21 yanvar Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kollejida o’tkazilgan “Xom ashyo va materiallardan o’quv amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda samarali foydalanish va hisobdan chiqarish ishlarini tashkil etish” mavzusidagi o’quv amaliy seminar bo’lib o’tdi. A.Zokirov — “Xomashyo va materiallardan o’quv amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda samarali foydalanish va hisobdan chiqarish ishlarini tashkil etish” tartib qoidalari bo’yicha ma’lumot berib o’tdi. O’rta …

Batafsil

Nurafshon shahrining markaziy ko’chasida «Vatanparvarlik» oyligi munosabati bilan tadbir o’tkazildi.

   O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha tuman va shaharlarda, viloyat hududida joylashgan harbiy qismlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar, sport va kitobxonlik musobaqalari o’tkazildi. Bekobod shahrida yangidan tashkil etilgan “Vatanparvarlar“ xiyoboni, Yuqori Chirchiq tumanida tuman mudofaa bo’limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Asosiy bayram tadbirlari Chirchiq va Nurafshon shaharlarida bo’lib …

Batafsil

2018-2019- o’quv yilida Toshkent viloyatidagi akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining umumta’lim fanlari bo’yicha Respublika olimpiadasining II bosqichi o’tkazildi.

       Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009 yil 1 maydagi 18 Q/Q, 20, 13/QQ-son qarori bilan tasdiqlangan “Akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o’quvchilarining umumta’lim fanlari bo’yicha Respublika olimpiadalarini o’tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to’g’risida” gi NIZOM va boshqarmaning 2018 …

Batafsil

YANGI YIL TABRIGI

Qadrli do’stlar!         Jonajon diyorimizda yana bir samarali yil o’z yakuniga yetmoqda. Unda erishilgan natijalarni hisob-kitob qilsak,  xalqimiz farovonligini oshirish yo’lida har yilgidan ko’ra salmoqli qadam tashlangani guvohi bo’lamiz. 2018 yilda aholining real daromadi har qachongidan ko’p — 12 foizga oshganligining o’zi fikrimizga  dalil bo’la oladi. Hozirgi taraqqiyot yo’lini belgilashda birinchi navbatda xalq manfaatlari, omma bilan muloqot …

Batafsil

“Kasbim-faxrim” mavzusida viloyat amaliy-seminari bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 25 dekabr kuni Chirchiq sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida «Kasbim — faxrim» mavzusida viloyat amaliy-seminari bo’lib o’tdi. Dastlab seminar ishtirokchilari kollej ustaxonasida o’quvchilarni o’quv amaliyotlarini borishi bilan tanishdilar. Kollejda tashkil etilgan Master klasslarga baho berdilar. «Buxgalteriya va audit», «Kompyuter injiniringi», «Oshpazlik», «Maktabgacha ta’lim», «Keng assortimentdagi kiyimlar konstruktori», «Tikuv va tikuv trikotaj buyumlar ishlab chiqarish texnik texnologi», «Sartaroshlik …

Batafsil

“O’zbekistonning bugungi qiyofasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

      Toshkent viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan joriy yil 21 dekabr kuni Yangiyo’l texnologiya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “O’zbekistonning bugungi qiyofasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Mazkur tadbir, 2018 yilning oktyabr-dekabr oylarida kasb-hunar ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish maqsadida “Men shu aziz Vatan farzandiman!” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o’tkazish bo’yicha “Yo’l xaritasi”da belgilangan vazifalarni ijrosiga qaratildi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda …

Batafsil

Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir.

     “Vatanparvarlik” oyligi doirasida 2018 yil 19 dekabrda Qibray Chingeldi maishiy-xizmat kasb-hunar kollejida  Milliy gvardiya qo’mondonligi bilan hamkorlikda «Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, harbiy va sport tadbiri o’tkazildi. 100 ga yaqin xarbiylar tashrif buyurdi. Milliy gvardiya ofitser askarlari  kollej o’quvchi yoshlari bilan birgalikda chiqishlar namoyish etdi. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi. Kollejda tahsil olayotgan yoshlarda Vatanparvarlik …

Batafsil