YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Qibray tumanida “Kitob bayrami” tadbiri o’tkazildi.

Qibray tumanida “Kitob bayrami” tadbiri o’tkazildi.

       Yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish, aholi o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish va odamlarda kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Shundan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida jory yilning 25 may kuni Toshkent viloyatining Qibray tumani, Chingeldi maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o’qituvchi va o’quvchilari bilan birgalikda “Kitob bayrami” tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda “Kitob yarmarka”si tashkil etildi. Ushbu yarmarkada o’qituvchi va o’quvchilarning ota-onalari ham faol ishtirok etishdi. Ular o’z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli janr va yo’nalishdagi kitoblarni sotib olishdi.
Tadbir so’ngida “Eng yaxshi kitobxon o’qituvchi”, “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi”, “Eng yaxshi kitobxon oila” va “Eng yaxshi kitobxon guruh” nominasiyalari bo’yicha g’oliblar aniqlanib, esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Manba: kun.uz