YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Qilichbozlik bo’yicha Osiyo chempionatida Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji o’quvchilari kumush va bronza medallariga ega bo’ldi.

Qilichbozlik bo’yicha Osiyo chempionatida Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji o’quvchilari kumush va bronza medallariga ega bo’ldi.

     Joriy yilning 22-fevraldan 5-martgacha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo’yicha kadetlar va o’smirlar o’rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz sovrinli o’rinni qo’lga kiritdi.
Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji 8-sinf o’quvchisi Sevila Xudoyberganova Abduvaxitovna «Bronza» medal sohibi.
Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji 9-sinf o’quvchisi Jaloliddin Dushanboyev Shavshanbek o’g’li «Kumush» medalni qo’lga kiritdi.
Bu o’quvchilarning treneri Nasirov Sherali Turg’unaliyevich.
Terma jamoamizga estoniyalik trener Igor Chikinyov tayyorgarlik uchun jalb qilindi. Toshkent shahrida «Umid» tennis akademiyasi sport zalida qilichbozlik bo’yicha sportchilar shug’ullanishi uchun barcha hozirgi zamon talabiga mos shart-sharoitlar yaratilgan.
Sovrindorlar «Spark» avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Sevila Xudoyberganova Abduvaxitovna «Bronza» medal sohibi
Jaloliddin Dushanboyev Shavshanbek o’g’li «Kumush» medal sohibi. chapdan ikkinchi.
Trener Nasirov Sherali Turg’unaliyevich

Yana bir bor g’alaba bilan tabriklaymiz.