YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Samarali innovasion g’oyali qurilma” ko’rik — tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi.

“Samarali innovasion g’oyali qurilma” ko’rik — tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi.

     2018 yil 19 noyabr kuni Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejida “Samarali innovasion g’oyali qurilma” ko’rik-tanlovning ikkinchi bosqichi o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi, Kasb-hunar ta’limi Markazining 2018 yil 28 sentyabrdagi “Samarali innovasion g’oyali qurilma” ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risidagi 192-sonli buyrug’i asosida buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida ko’rik-tanlovning ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlov komissiyasida Kasb-hunar ta’limi markazidan Maksudova Shoxista Yakubovna va mutaxasislar barcha ko’rgazma va qurilmalarni baholadilar hamda 7 ta eng yaxshi ko’rgazma va taqdimotlarni yuqori baholadilar.
Shundan, 1 ta 1 o’rin Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji 3-bosqich talabasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.