YANGILIKLAR

#Tayinlov

Yusupov Qudratjon Muhammadqodirovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Q.Yusupov 1980-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan.

U 2002-yili Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (bakalavr), 2008-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (magistratura)ni tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkent viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.