YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Tibbiyot kolleji bitiruvchilari bepul nemis tiliga oʻqitilmoqda

Tibbiyot kolleji bitiruvchilari bepul nemis tiliga oʻqitilmoqda

Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatida tibbiyot yoʻnalishida yoshlarning chet tilini oʻrganishi va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlishi maqsadida oʻquv kurslari tashkil etilmoqda

April 09, 2023

Jumladan, Chirchiq shahridagi tibbiyot kolleji oʻquvchilarini nemis tiliga oʻqitish tajribasi amalga oshirilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad nima? Ular bitirgandan keyin qanday imkoniyatlarga ega boʻladi? 

 

Germaniya tibbiyoti — eng soʻnggi rusumdagi tibbiy buyumlar, zamonaviy jarrohlik amaliyoti, bularning barchasini Toshkent viloyati yoshlari ham oʻzlashtirish va ushbu manzilda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

Statistik maʼlumotlar mazkur davlatda hozirgi vaqtda 500 ming nafar hamshiralik sohasidagi mutaxassislarga ehtiyoj mavjudligini koʻrsatadi. Shuni inobatga olgan holda Chirchiq shahridagi tibbiyot kolleji bitiruvchilarini bepul nemis tiliga oʻqitish va ushbu tilni bilish boʻyicha maxsus sertifikatni qoʻlga kiritganidan soʻng Germaniya Federativ Respublikasida tibbiyot sohasida faoliyat olib borishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu oʻquv kursi tashkil etildi.

Mazkur kurslar bir yil davomida amalga oshiriladi. Hamshiralar yetarli bilimga ega boʻlgandan soʻng test sinovlarida qatnashib, qoʻlga kiritilgan sertifikatlarga asosan Germaniya Federativ Respublikasidagi tibbiyot muassasalarida ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Maʼlumot uchun: Bu kabi oʻquv kurslarni Angren, Bekobod, Olmaliq shahrlari hamda Zangiota, Yangiyoʻl tumanlaridagi tibbiyot muassasakarida ham tashkil etish rejalashtirilgan.