YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati Bo’ka tumanida beshta tashabbus “Bo’ston” MFYda davom etmoqda.

Toshkent viloyati Bo’ka tumanida beshta tashabbus “Bo’ston” MFYda davom etmoqda.

    Joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida aholi va yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish kabi beshta muhim tashabbusni amalga oshirish masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ilgari surgan besh tashabbusning amalga oshirishga doir vazifalar belgilab berildi.
Toshkent viloyati Bo’ka tumanida mazkur tashabbuslarni hayotga tatbiq etish maqsadida ulug’ ishlar qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstrasiyasi, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda viloyat jamoatchiligi ishtirokida Bo’ka tumanidagi “Bo’ston” MFYda boshlangan tadbirlar besh tashabbus bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarning Bo’ka tumanidagi ijobiy natijasini ko’rib, yurt taqdiriga o’zini daxldor deb bilgan har bir inson ko’nglida yaratuvchanlik ishtiyoqi, shijoat tuyg’ulari ortmoqda. Bu tadbirda Bo’ka maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji Yoshlar ittifoqi yetakchilari va o’qituvchilar ishtrok etdi.