YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “VATANPARVARLIK DEKADASI”ning viloyat bosqichi o’tkazildi.

Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “VATANPARVARLIK DEKADASI”ning viloyat bosqichi o’tkazildi.

Joriy yil 11 may kuni «Vatanparvarlik dekadasi»ning Toshkent viloyati bosqichi Nurafshon shahar markaziy xiyobonida bo’lib o’tdi. Tadbirga viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari taklif etildi, 1850 nafar o’quvchilar hamda OAV lari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir dasturini O’zbekiston 24 kanali yozib oldi.
Tadbir Nurafshon shahridagi “Ona monumenti” poyiga gullar qo’yish bilan boshlandi.
Kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “VATANPARVARLIK DEKADASI” doirasida o’tkazilgan ko’rik tanlovlari g’oliblari ishtirokida sahnalashtirilgan bayram dasturi namoyish etildi.
Ko’rik tanlovlar g’oliblari Toshkent viloyati hokimligi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.