YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan kasb-hunar kollejlari psixologlari uchun o’quv-amaliy seminar o’tkazildi.

Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan kasb-hunar kollejlari psixologlari uchun o’quv-amaliy seminar o’tkazildi.

Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda Toshkent viloyati prokuraturasi hamkorligida joriy yil 17 oktyabr kuni Ohangaron sanoat kasb-hunar kollejida “Voyaga etmaganlar orasida suisid holatlarini barvaqt oldini olish bo’yicha xamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar “Yo’l xaritasi”ni ijrosini ta’minlash yuzasidan o’quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda viloyatdagi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarining psixologlari qatnashdi hamda ularga bunday salbiy xolatlarni oldini olish bo’yicha metodik tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida psixologlarga “Ta’lim muassasalari psixologlari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma” risolasi hamda ota-onalar uchun “Mehr bering-mehr ko’rasiz” mavzusidagi bukletlar tarqatildi.