YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasida faoliyat ko’rsatayotgan rahbar, pedagog va xodimlar o’rtasida tashkil etilgan “DO’STLIK” sport musobaqasi o’tkazildi.

Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasida faoliyat ko’rsatayotgan rahbar, pedagog va xodimlar o’rtasida tashkil etilgan “DO’STLIK” sport musobaqasi o’tkazildi.

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 4 sentabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan videoselektor yig’ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko’rsatayotgan rahbar, pedagog va xodimlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, ularni turli kasb kasalliklaridan sport va sog’lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish, xodimlarni jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport bilan muntazam shug’illanish ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida ikki bosqichli “DO’STLIK” sport musobaqasi Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi va Toshkent viloyati kasaba uyushmaslari tashkilotlari birlashmasi Kengashi bilan xamkorlikda tashkil etildi.
Mazkur sport musobaqasining dastlabki bosqichlarda viloyat kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko’rsatayotgan 440 nafar rahbar, pedagog-xodimlarni ishtirok etishlari jamiyatda sog’lom turmush tarzini yuksalib borayotkanligidan dalolatdir.
Sport musobaqasi o’z nomi bilan jamoani birdamlikka va totuvlikka chorlashini bugun Yangiyo’l texnologiya-iqtisodiyot kollejiga viloyatning 22 ta shahar va tumanlaridan jam bo’lgan 144 nafar sportsevar pedagoglar timsolida ko’rish mumkin.
Spartakiada tarkibidan o’rin olgan 4 ta (futzal, voleybol, stol tennisi va shaxmat) sport turlari bo’yicha barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilib, sport turlari bo’yicha musobaqalar amaldagi qoidalarga asosan malakali xakamlar jalb etilgan holda bahslar olib borildi.
Musobaqa ishtirokchilari uchun tashkiliy qo’mita tomonidan barcha qulayliklar bilan bir qatorda tushlik bayram dasturxoni yozildi hamda musobaqalar natijalariga ko’ra 4 ta sport turlari bo’yicha 60 nafar g’olib va sovrindorlar darajli diplomlar va esdalik sovg’alari bilan tantanali taqdirlandi.
Shuni alohida aytib o’tish joizki, Mamalakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 5 ta muxum tashabbusi orqali viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi 91 ta kasb-hunar kollejlarida xar bir xafta kunlari o’ziga xos nomlanib, ulardan juma kuni “Sport salomatlik kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur “sport yo’l xaritasi” doirasida ertalabki badantarbiya va ommaviy sport musobaqalari tizimli ravishda tashkil etilib kelinmoqda.
Mazkur musobaqa xam tizimda faoliyat ko’rsatayotgan rahbar, pedagog va xodimlarni o’zaro do’stlik, xamjixatlik va g’alabaga intilish tamoillarini mujassamlash hamda jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullanib, sog’lom turmush kechirishga jalb etish, shu orqali kasalliklarning oldini olib, odamlarning umrini uzaytirishga xizmat qilishlari bilan alohida o’rin tutadi.