YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati «Yosh innovasiyachi” ko’rik-tanlovini Respublika bosqichida 3-o’rinni egalladi va stipendiya sohibiga aylandi.

Toshkent viloyati «Yosh innovasiyachi” ko’rik-tanlovini Respublika bosqichida 3-o’rinni egalladi va stipendiya sohibiga aylandi.

      O‘zLiDeP Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “Yosh innovasiyachi” ko’rik tanlovini o’tkazdi.
Ko’rik tanlovda Toshkent viloyatidan Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji o’quvchisi Nikitin Oleg ishtirok etib, faxrli 3 -o’rinni egalladi va O’zLiDeP tomonidan stipendiya sohibiga aylandi.

Ko’rik-tanlov bugun mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli yurtimizda yuzlab iqtidorli yoshlar o’z salohiyatini namoyon etayotganligini yaqqol ko’rsatdi.
Tanlov birinchi marotaba tashkil etilayotgan bo’lsa-da, yoshlar o’rtasida juda katta qiziqish uyg’otdi. Chunki mazkur tanlov qiziquvchan va intiluvchan ixtirochi-ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlovchi eng birinchi tanlovlardan biridir. Ishtirokchilar ishlab chiqarish va servis, turizm, qishloq xo’jaligi sohalarini rivojlantirish borasida ishlab chiqqan  innovasion loyihalari bilan qatnashishdi. Tanlovning tuman, shahar va viloyat bosqichida qariyb 600 nafarga yaqin yigit-qiz o’z ixtirolari va ishlanmalarini namoyish etdi.
“Yosh innovasiyachi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan yosh ixtirochi ishtirok etishdi.
Ko’rik tanovning uchinchi kuni yosh innovasiyachilar Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazi, Turin Politexnika universitetidagi zamonaviy texnika va texnologiya vositalari markazi kabi innovasion markazlar faoliyati bilan ham tanishishdi.
Ushbu Markaz xodimlari tomonidan yosh innovasiyachilarga mamlakatimiz iqtisodiyotida innovasion ishlanmalarning o’rni, bu borada markazning oldida turgan asosiy vazifalar to’g’risida hikoya qilib berildi. Zamonaviy tadqiqot uskunalari bilan jihozlangan markaz mamlakatning turli burchaklaridan kelgan yosh innovasiyachilarda juda katta taassurot qoldirdi.
Turin politexnika universitetida tashkil etilgan zamonaviy texnika va texnologiya vositalari yosh innovasiyachilarga atroflicha tanishtirildi.
Shu erning o’zida tanlov g’oliblariga mukofotlar topshirildi. Aytib o’tish kerakki, ushbu tanlovning 42 ta eng faol ishtirokichisi O‘zLiDePning bir yil davomida berib boriladigan maxsus stipendiyalari egalari bo’ldilar.
Shu kunning o’zida tanlov g’oliblari O’zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumida  mamlakatmizning ko’zga ko’ringan olimlari, O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Albatta, yosh  ixtirochilar uchun bu bir umrga esda qoluvchi uchrashuv bo’lib qolishi shubxasiz. Unda yosh innovasiyachilar mamlakatimizda ilm-fanga yaratilayotgan keng imkoniyatlar barobarida o’z faoliyatlarini yanada rivojlantirish borasida bevosita akademiklardan yo’nalishlar, qimmatli maslahatlar olishdi.
Ushbu tanlov, uning doirasida bo’lib o’tgan tadbirlar va uchrashuvlar yosh innovasiyachilarga yana bir bor O’zbekistonda fanga, ilmga, yaratuvchanlikka bo’lgan intilish qanchalik qadrlanishini, qolaversa o’z salohiyatini shu yo’nalishda ishlatishga intilgan har bir yoshga o’z salohiyatini ochish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilishini ko’rsatdi. Ularda o’z salohiyatiga, o’z kelajagiga ishonch ruhini yanada qaror topishiga xizmat qildi.
Eng muhimi tadbir yakunida O‘zLiDeP Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda bunday tanlovlarni doimiy o’tkazib borishni, qolaversa “Innovasion g’oyalar bankini” yuritishni rejalashtirganligi aytib o’tildi. Maqsad bunday tanlovlarda kashf etilayotgan har bir yosh innovasiyachi va uning kashfiyotini keyingi taqdirini bevosita kuzatib borish va zarur bo’lsa tegishli moliyaviy, tashkiliy ko’mak ko’rsatgan holda ularning hayotga joriy etishini ta’minlashdan iboratdir.

Manba: O‘zLiDeP sayti