YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Vatanimni madh etaman!»

«Vatanimni madh etaman!»

         O’rta Maxsus ta’lim Markazining 27 fevral 2018 yil 126,127,128,129 buyruqlarining ijrosini, hamda ta’lim muassasalarida Davlat madhiyasini jo’r bo’lib kuylash orqali yoshlarimizning qalbi, ongu shuurida Vatan tuyg’usini yanada yuksaklarga ko’tarish, Vataniga, xalqiga, Prezidentiga sadoqatli farzandlar bo’lib voyaga yetishi, davlatimiz ramzini vatanparvarlik, shon sharaf va g’urur timsoli sifatida ulug’lash maqsadida Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi kollejlarda 1-juftlik dars mashg’ulotlari boshlanishidan oldin o’quvchilar Davlat madhiyasini jo’r bo’lib kuylashmoqda. Shu bilan birga Onani qadrlash, Vatanga muhabbat va yurtga sadoqat kabi mavzularda she’rlar yod olinmoqda. Jumladan Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejida o’quvchilar haftaning har dushanba va shanba kunlari ertalabki saflanishda, dars mashg’ulotlarining 1-juftlikni boshlanishidan oldin madhiyani jo’r bo’lib kuylashadi.