YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / 🇺🇿 «Worldskills Uzbekistan» musobaqalariga tayyorgarlik

🇺🇿 «Worldskills Uzbekistan» musobaqalariga tayyorgarlik

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora — tadbirlari to‘g‘risida» gi 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-sonli Farmoniga muvofiq Angren shahar 1-son kasb-hunar maktabida faoliyat ko‘rsatayotgan maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga kasb-hunar maktabining katta ustasi Alimov Ulug‘bek Israilovich tomonidan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
✅ O‘quv amaliy seminarda Worldskilss standartlari asosida «Worldskills Uzbekistan» (WSUz) musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va Worldskills assotsiatsiyasi talab me’yolari asosida tashkil etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
✅ Har bir kasbiy yo‘nalish bo‘yicha maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun «Worldskills Uzbekistan» musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar va vazifalar belgilab qo‘yildii.