YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Yangi O’zbekiston — yangicha dunyoqarash: o`quv amaliy seminar

Yangi O’zbekiston — yangicha dunyoqarash: o`quv amaliy seminar

Yangi O’zbekiston — yangicha dunyoqarash: o`quv amaliy seminar

🔰 Joriy yilning 6-yanvar kuni Olmaliq shahar kasb-hunar maktabida Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalari direktorlari va direktor o’rinbosarlari uchun «Yangi O’zbekiston — yangicha dunyoqarash» shiori ostida o’quv-amaliy seminari tashkil etildi.
❇️ Seminar davomida 2021-2022 o’quv yilida professional ta’lim jarayonini tashkil etish hamda ishlab chiqilgan o’quv-me’yoriy hujjatlar to’g’risida, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, professional ta’lim muassasalarida shaxsiy yillik ish rejalarining bajarilishi to’g’risida ma’ruzalar tinglandi.
🔸Yalpi yig’ilishdan so’ng Olmaliq kasb-hunar maktabi o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan innivatsion ochiq darslar o’tildi.