YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Yangiyo’l texnologiya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida 5 ta tashabbus ijrosi amalda.

Yangiyo’l texnologiya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida 5 ta tashabbus ijrosi amalda.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 mart kuni “Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash” masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 17-may kuni Yangiyo’l texnologiya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida 5 ta tashabbus bo’yicha 18 ta: an’anaviy qo’shiqchilik, raqqosalik, rassomchilik, kompyuter savodxoni, internet bilimdoni, eng yaxshi kitobxon, eng yaxshi Ona yoki Vatan haqida she’r, qo’shiq ijrochisi, she’rxonlik, tikuvchilik, sartaroshlik, pazandachilik yo’nalishlarda hamda sportning voleybol, futbol, stol tennisi turlari bo’yicha ko’rik-tanlov va musobaqalar o’tkazildi. Unda shahar hokimi o’rinbosari S.J.Yaxshiboev, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi rahbari R.Sherov, Yoshlar Ittifoqi Yangiyo’l shahar kengashi vakili B.Sultonovlar ishtirok etib, faol ishtirokchilar taqdirlandi.