YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Yosh qutqaruvchilar» harbiy sport musobaqasi

«Yosh qutqaruvchilar» harbiy sport musobaqasi

11-aprel kuni Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tuman 2-son kasb-hunar maktabi jamoasi «Yosh qutqaruvchilar» harbiy sport musobaqasining hududiy bosqichida faxrli birinchi o’rinni egallab, viloyat bosqichiga yo’llanma oldilar.

✅ Musobaqaning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar chog‘ida to‘g‘ri harakat qilish, jabrlanganlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda tezkorlik va aniqlik darajasini amalda sinab ko‘rish edi.

Musobaqa qizgʻin koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Musobaqaga jalb etilgan barcha oʻquvchilar faol ishtirok etishdi.