YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Zangiota va Toshkent tumanlarida “Yosh innovatsiyachi” hududiy ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

Zangiota va Toshkent tumanlarida “Yosh innovatsiyachi” hududiy ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

         2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, innovatsion faoliyatni, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g’oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish, mazkur sohada istiqbolli yutuqlarni targ’ib qilish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli o’quvchi-yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlarini joriy etish va yanada samarali qo’llashga e’tiborni kuchaytirish hamda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi ijroiya qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi hamkorlikda “Yosh innovatsiyachi” ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risida 02.04.2018 yil № 01-08/18-son, 09.04.2018 yil № 8/QQ Qo’shma Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi Ijroiya qo’mitasi va Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorlikda “Yosh innovatsiyachi” ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risida 12.04.2018 yildagi № 01-10/14-son, № 3-son Qo’shma Qarorni qabul qildilar. Ushbu Qo’shma Qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida Zangiota va Toshkent tumanlari “Yosh innovatsiyachi” hududiy ko’rik-tanlovi 2018 yil 26 aprel kuni Zangiota agrosanoat kasb-hunar kollejida bo’lib o’tdi.
“Yosh innovatsiyachi” hududiy ko’rik-tanlovini tashkiliy qo’mita a’zolari Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining bosh uslubchi maslahatchisi L.Gafarova va O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi Ijroiya qo’mitasi yoshlar bilan ishlash bo’lim boshlig’i D.Kamoliddinov, Zangiota agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori N.Shoyunusova olib bordilar.
Zangiota agrosanoat kasb-hunar kolleji 2-bosqich o’quvchisi Xamroyev Azamat qishloq xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha pomidorlarni yangi innovatsion texnologiyari bo’yicha yetishtirish usulini namoyish etdi.
Zangiota agrosanoat kasb-hunar kolleji bir guruh o’quvchilari Asatullaeva Shahzoda boshchiligida qulupnayni osma usulida issiqxonada innovatsionn texnologiyari bo’yicha yetishtirish usulini himoya qildilar.
Toshkent tumani maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji 2-bosqich o’quvchisi Kaxramonov Abdullax elektrotexnika bo’yicha ishlab chiqarishda yangi usullarini foydalanish g’oyalarini namoyish etdi.
Toshkent tumani maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji 2-bosqich o’quvchisi Xonjonova Sevara tikuvchilik sohasida ekspress usulida ishlov berish g’oyasini taqdim etdi.
Ko’rik-tanlovda ishtirokchi o’quvchilar bilan amaliy muloqotlar o’tkazildi.
Ko’rik-tanlov g’olib va sovrindorlari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Hakamlar hay’ati ish jarayonida.

Ko’rik-tanlov g’olib va sovrindorlari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.