Hurmatli ustoz va murabbiylar!
1-oktabr – ustoz va murabbiylarga bo‘lgan yuksak ehtirom, samimiy minnatdorlik va qadriyatlar timsoli bo‘lmish qutlug‘ sana sifatida yurtimizda keng nishonlanadi.
Siz aziz ustozlar yosh avlodni bilim va ma’rifat bilan qurollantirib, ularning qalbiga ezgu fazilatlarni singdirib kelmoqdasiz. Mashaqqatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va mehr-muhabbatingiz tufayli jamiyatimizda ilm-fan, ma’naviyat va taraqqiyot ildiz otmoqda, ertangi kunimizning bunyodkori bo‘lmish yoshlar yuksak marralarni zabt etmoqda.
Shu ulug‘ ayyomda Sizlarga chuqur hurmat va ehtirom izhor etib, mustahkam salomatlik, xonadoningizda osoyishtalik, ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatingizda bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Hurmat bilan, Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova va boshqarma jamoasi
Toshkent viloyati OTFIB 