Домой / Без рубрики / 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o`tkazildi

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o`tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʻrta Chirchiq tumani 2-son politexnikumida ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbir vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish va yosh avlodni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirni Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova ochib berdi. U o‘z nutqida o‘quvchilarga Vatan himoyachisi bo‘lish sharafli burch ekanini taʼkidlab, ularni kelajakda yurtimiz sharafini himoya qiladigan jasur va mard o‘g‘lonlar bo‘lib yetishishlarini tiladi.

Tadbir davomida sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, yoshlarning ijodiy chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Vatanparvarlik mavzusidagi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va she’rlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, yig‘ilganlarda yurtga bo‘lgan mehr va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.