2 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bo‘yicha loyiha regulation.adliya.uz platformasiga muhokama uchun joylandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 17-bandiga muvofiq, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda tashqi sifat nazoratini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.
Yangi qonun loyihasi orqali 2 ta – “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifi berilmoqda.
Mazkur Qonun loyihasining qabul qilinishi tegishli qonunlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilishiga erishiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93475
Fuqarolar Qonun loyihasi muhokamasida 2025-yil 30-oktabrga qadar (shu kuni ham) ishtirok etishlari mumkin.
Loyiha matni bu yerda (https://regulation.adliya.uz/project/6861/18316?contentLang=uz)
Toshkent viloyati OTFIB 